Bir kun odatdagidek yo’lni kesib o’tishni boshladim. Yo’lning o’rta chizig’iga ham yetib keldim. Endi na ortga qayta olaman,na oldinga yura olaman. Chiziq ustidan esa bir neksiya rusumli mashina katta tezlik bilan kelardi. Mashina shunchalik qattiq tormoz oldiki,shinalar “tamom” degandek chiyillab yubordi. Haydovchining baqir –chaqiridan hushim joyiga keldi: - Uv ahmoq, naga qochmisan? Yo’linga qarab yur! Sekin oyoqlarim ostiga qaradim: hali ham o’rta chiziq ustidaman. O’zimni tutishga har qancha urinmay haydovchiga qarab baqirib yubordim : menku yo’limda turibman,o’zingiz o’pkangizni bosib oling! Yana shinalar chiyilab ketdi. O’ylab qolaman, yo’l qoidasini bilmaydigan, bilsa ham pisand qilmaydigan bunday oliftalarga haydovchilik guvohnomasini kim bergan ekan-a?
Bundan tashqari gohida avtobusga ham chiqishga qo’rqasan kishi. Chunki yengil mashinalar,yo’nalishni taksilar avtobuslarni shunday quvib o’tadiki, tormoz zarbidan orqa tarafdagi yo’lovchilar oldingi qisimga kelib qolay deydi. Hayron qolasan, bular qayerga shoshadi. Yo’l qoidalariga rioya qilsa ham yetib boradiki o’sha manzilgan. Agar shunday qoida buzarlik, shoshmashorlik vaqtida biror falokat yuz bersa manzili shifoxonag aylanmasligiga kim kafolat beradi. Kichik va tor yo’llar maylikuya, havfsizlikni ta’minlash maqsadida borgan sari kengaytirilayotgan yo’llarda ham o’rta chiziq ustidan yurishlariga nima deyish mumkin. Nahotki shunday katta yo’lda ham ularga yo’l yetmasa. Qo’yib bersang ba’zi bir haydovchilar yo’l o’rtasidagi temir to’sig’-u barderlarning ustidan ham mashinasini haydab o’tadi. Yo’l qoidasini buzgan holda piyodalar,hamkasblarini haqoratlab,DAN hodimlarini mensimasdan turli asab buzarliklarni keltirib chiqarishini qanday oqlash mumkin?
Yurtimizda harakat havfsizligiga qaratilayotgan chora tadbirlar, qabul qilinayotgan qonun va qarorlar, ularning ijrosi natijalari quvonarli hol albatta. Ammo shuni unutmasligimiz kerak-ki barchasi o’z qo’limizda. O’zimizning va o’zgalar hayotiga befarq bo’lmaylik. Zero, yo’l o’rtasidagi chiziq hayot va mamot o’rtasidagi chegara aylanib qolmasin!
Комментариев нет:
Отправить комментарий