вторник, 8 марта 2016 г.

BAXTga NOMA

 BAXTga NOMA

Baxt... Shu kunlarda seni osmon qadar sog'inyapman. Baxt huddiki soya bilan hamrohdekman! Sen borsan ammo yöqsan ham. Senga haqqim yőq, ammo sen meniki bölishni istaysan. Biz birdaqiqa yöldan chalg'igan haydovchiga öxshaymiz. Quqqisdan rölni burdigu, peshonamiuz yorilgandan keyingina közlarimiz ochildi! Ammo...ammo juda kech edi, jabrimizga "bizning vaqt" halok böldi. Faqat buni juda juda kech angladik...
Lekin... Xechdan köra kech yaxshi( köpincha shu sözni takrorlarding)! 
Baxt ... Seni topganim yaxshi bőldi(aslida yöqotgan bölsamda, endi topolmasamda). Sen bilan qandaydir sokinman. Erta tong uyg'onib sendan xabar kelgan-kelmaganini tekshiraman, tunda uyquga yotishda ham bu takrorlanadi. Sen ham hardoimkidek, menga suyanch bölishga intilyapman. Habarlaring öqib taskin topaman, ovozing eshitganda yuragim uyg'onadi. Hammasi yaxshi, bir maromdadek göyo....
Biroq... Qara yana shu ikkilanish shu "biroq, lekin"da qoqilyapman. Aslida ham shu ikkilanishni yengolmay seni yuqotdim! Demak hali ham hayotning g'urbolasiman. Hali ham saboq olmapman. Ammo... Bu safar ikkilanishimda bir haqiqat bor —sen unikisan!  Shu sabab senga org'riqlarimni oshkor etolmayapman. Göyo, hayotingga rahna solayotgandekman, göyo halovating ög'irlayotgandekman! ( Aslida mensiz halovat topdingmi?) 
Yodingdami baxt? Osh pishirishni bilmasdim. Biroq shunday achchiq osh pishirdimki, na yeya olaman na töka olaman. Yana bu oshga seni sherik qilganimga nima deysan?! 
"Böb turadi!" shundaymi?  Doim nimanidir notög"ri qilsam shunday taskin berardingku axir. Xozir ham shu eng sodda eng samimiy taskinlaringga zorman! 
Baxt seni topganim yaxshi böldi, garchi yöqotgan bölsamda. Garchi endi bag'ringga bosh qöyolmasamda,  seni juda juda sog'inyapman BAXT!


Orzu Akbar
Nozima Akbarova

воскресенье, 28 февраля 2016 г.

Икки қора кўзим - икки сўроғим

Суратга қаранг нимани кўряпсиз?

Эндичи?

Унинг вужуди сўроқ
Унинг нигоҳи сўроқ
Унинг киприклари сўроқ
Унинг сўроғи битта – айбим нима?!


Кеча...
У жуссасига оғирлик қилсада портефелини мағрур кўтарарди....
У жажжигина қўлчалари билан сув тўла челакни дадил кўтарарди...
У кичкина одамча бўлсада катталардек шахдам юрарди...
У... у покликнинг беғуборликнинг хавас ва интилишнинг нозик кўриниши (эди).

Бугун ....
Унинг вужуди сўроқ
Унинг нигоҳи сўроқ
Унинг қалби сўроқ...

Мактабда:
-          ...
-           Болам нега жимсан, соғинмадингми? (саволим шунча оғирми негадир унинг эгик боши яна эгилди)
-          ...
-         Келганимдан хафамисан,ё келмайинми? Келма десанг келмайман...(елкаларидан тутиб силтайман... овозим бўғилади). У шошиб бошини кўтаради – йўқ, йўқ келинг,амма...
-           Уни бағримга босаман қулоқларим оғир хурсиниқдан титраб кетади: Айбимиз нима? Вужудим оғирлашиб қолди. (нозиккинамнинг нозик жуссаси қачон бунча оғирлашди?!) Оғир хайрлашаман... у қолади, ортимга боқаман : кўз олдимда бахтли  болакай эмас, бутун бир вужуд - сўроқ турарди – Айбимиз нима?!

Боғчада:

-           Аям, аяжоним... (у мени шундай чақиради) бағримга шодлик отилади.
-          Гунешим мани... (уни шундай эркалайман) Бағримдаги бахт, уни қуйиб юборгим келмай, юз кўзларидан  ўпаман.
-          Нега кеча келмадингиз соғиндим! ( Фаришталар соғинчни қандай англашар экан-а?)
-           Кеча тушимда сизни кўриб йиғлади. (фаришталар ҳам ғамдан йиғлар эканда?!)
-           Яна қачон бирга яшаймиз – бағримдаги қоракўз қувонч саволга айлана бошлайди. Дастлаб киприклар эгилади, сўнг нигоҳларда ўт сўнади, кейин... кейин энг оғир юкданда оғир миттигина бошча елкам эзади. Уни ўзимга қаратиб мунчоқ- мунчоқ кўзига қараб дейман : ҳали ҳаммаси яхши бўлади,ҳали яна бирга яшаймиз... хафа бўлма аканг ҳам хафа бўлмасин... яна алла нималарни тушунтираман, ўзим тушунмаган алла нималарни. Тушунтириб бўламанда... Дахшат... дахшат!!! Яна ўша савол – айбимиз нима?!

Икки қора кўзим  - икки сўроғим
Икки сўроқдаги битта саволим –  АЙБИМИЗ НИМА?

Йўлда:
Нега сиздан болалигингизни тортиб олишди? Нега беғубор саволларингизга дард кўчди?  Нега уйингиздан,жигарларингиз бағридан юлиб олишди? Нега сизни ўйлашга мажбур қилишди? Нега,нега.... АЙБИНГИЗ НИМА?!

Айбингиз?..
У дадангизни алдади. У бахтингизни сотди. У ҳаммамизга хиёнат қилди. У сизларни тортиб олди, хўрлади. У сизлардан фойдаланди, сизларни қалқон қилди...

Айбингиз?..
Отангиз унга ишонди,уни севди. Биз унга ишондик, кутмадик. Сиз уни яхши кўрдингиз...

Айбингиз?..

ЙЎҚ, СИЗДА АЙБ ЙЎҚ! АЙБ БИЗДА -  КАТТАЛАРДА!

Уйда:
Йиғлайман, кийимларини бағримга босиб, босиб йиғлайман. Мен болаларим (жиянларим)ни кўргим келади( сўроқларни эмас). Улар томон яна ошиқмоқ истайман...

Хозир:
Буларни нега ёздим,нима учун ёздим, нима демоқчиман? Эҳтимолки кўнглимни ёрдим, эхтимолки ўзимга сиғмадим...  Эхтимолки кўз ўнгимда соядаги гулдек сўлаётган икки мурғак  юракларнинг саволлари менга оғирлик қилди...  Эхтимолки улар каби елкангизга осилиб хурсинмоқ истадим... Эхтимолки...

ИЛОҲИМ БОШҚА БОЛАЛАР  “СЎРОҚ”ҚА  АЙЛАНМАСИНЛАР!!!

Нозима Акбарова
"Орзу Акбар"



воскресенье, 10 января 2016 г.

Osmon maktublari (1)


Osmonni quchgim keladi huddi shu keng osmon mitti bag'rimga sig'adigandek, huddiki shu mitti yuragim keng dunyolarga sig'maganidek. Lekin osmonni quchgim keladi.
Aslida ham biz bilgan osmon osmonmikin? Yo undan naridami? Bu dunyoda hatto ko'rib turganingga ham ishonch yo'q axir. Axir ko'zgudagi o'z aksingiz ham o'zganiku! Shunchaki hammasi osmonga intilib otilgan qushga o'xshaydi. Shakli qush alsida esa qafasli qo'g'irchoq. Shunchaki hammasi usti qipzil ichi qurt tushgan olmadek! Shunchaki hammasi chuvalashgan ip g'altak. Shunchaki hammasi chalkash huddi yozayotganlarim kabi.
Osmonni quchgim keladi. Zora osmonga sig'sa yuragim. Duynok
larga sig'may abgor bo'ldim dilruhi harob bo'ldim. Tukilmas ko'zyoshga cho'kib aytilmas so'zdan sarob bo'ldim. Ichim chirigan g'o'la yuzim gullayotgan tosh.
Osmonni quchgim keladi. Go'yo sog'inchga boshqa davo yo'q. Ko'z o'ngimda ikki qorachiq bag'rimga otilib bag'rimdan qochgan. Dunyolar sig'dirmagan ko'nglim bag'riga siqqan qorachiq. Gunohsiz gunohkor . Ilojsiz iltijoga to'la qorachiq.
Osmonni quchgim keladi. Go'yo ko'z yoshlarim yomg'irga aylangudek. Go'yo dardlarim, bulutdek tarqagudek, go'yo baxtim quyoshdek porlagudek.
Osmonni quchgim keladi. Shuncha armonlarim kamdek. Kamdek qo'l yetmas orzularim. Kamdek tushdagi ro'yolarim.
Netayki zaminga sig'olmadim, netayki bag'rimga bossam muzladi qalbim,mehrin berolmadi yer. Netayki hokisorlikda tuproqqa qorishib ketdi tuyg'ular Netayki... Quchgim kelaverar osmonni.
Osmonni quchgim keladi. Zora osmonga bo'ylashsa orzu. Zora osmondek yuksalsa hislarim. Zora osmondek keng bo'lsa baxtim sarxadi.
Orzu Akbar
19.08.2015

суббота, 9 января 2016 г.

Osmon maktublari


Osmonim... Senga boshqa söz aytolmayapman...  Nima dey? Ne desam senga borib yetadi. Manzilsiz maktublarim,tuyg'ularimga kafan bölyapti. Senga yetmaga nolalarim hislarimni yelkalab ketyapti.
Osmonim... Men senga ortiq intilmay qöydim,yovormadim qöllarim chözib. Osmonim közlarimni ham sendan uzidim ammo...
Osmonim ruhi qalbim sen tomon uchdi, oyog'in ajburiyat va burch bilan kishanladim, ammo uni tutib qololmadim.
Osmonim ismimng dilimning egizagi bõldi.
Orzu Akbar
03.01.2016

BAXTgaNOMA


Baxt... Nihoyat senga yozishga jazm qildim! Bilaman bu hato, bilaman bu gunoh, sen endi ōzganikisan! Baxt baxtlimisan? Baxtingni kõrgim kelyapti. Sendan ketganim hato emasligini bilgim kelyapti. Baxt bugun anglab yetdimki sen mening eng yaqin döstim bölgan ekansan. Baxt men seni sog'inmadim rost, körgim kelmadi ham!  Lekin könglim seni taskinlaringni qumsadi,juda-juda. Baxt esingdami men boshqacha bölolmayman derdim,doim shu jarlikdan ötolmay munosabatlarimiz qoqilardi. Lekin, hayot sendan kuchli chiqdi. Meni özgartirdi! Yöq baxt,men baxtsiz emasman! Köngling töq bölsin. Baxt rosti nega bularni senga yozyapman anglolmayapman. Faqat borgan sari ushanda derazadan sakrab qochgan baxt menu kishanlamoqchi bölgan mirshab sen ekanligingni anglab boryapman.
Baxt sen haqingda eshitganimda ichimda nimadir uzildi. Baxting suratiga boqib zil ketdim... Yöq rashk emasdi bu faqat.... Bilmayman nimaligini.... Faqat nega aytmading! Axir bu kunda yoningda bölishni hohlashimni bilardingku! Axir vada bergandingku! Baxt ushadan beri tinchim buzildi. Ehtimolki bularni öqib, usha jigimga tegadigadek ensa qotirib jilmayotgandirsan, holing shu ekanku deyayotgandirsan. Ehtimolki…...
Baxt kechir... Agarda baxtingga köz olaytirgan bölsam,zarra oroming buzgan bölsa...
Baxt neki bölsa ham baxtli böl! Zero qaror tög'riligidan taskin topay. Baxt sen deb özini öylayotgan hudbin(ing)ni kechir... Kechir!!! Baxtiyor kunlarda körishguncha!!!

Orzu Akbar
06.01.2016

среда, 15 апреля 2015 г.

Men onamning qiziman!

Men...?!  Uch nuqta,so’roq va undov belgisi.  Nimalarni anglatadi bu?  O’ylab qoldim, negadir o’z menim haqida o’ylaganimda faqat mana shu ko’rinish ko’z oldimga  kelaverdi, kelaverdi. Balki bu hali ham o’z MENimni to’liq anglamaganim nishonasi, yoki usha MEN hali yillar davomida shakllanishini takidlab turar. Balki… yana biror sababi bordir. Bilmadim … 
Xech kuzatganmisiz,tongi quyosh nurlarida tovlanib,qovjirama kunning issig’ida toblanib uzoq-uzoqlardan chiroyli ko’rinib turgan,tog’ cho’qqisidan erib,o’z yo’lida oqayotgan zilol suvning jilvasini? Unda hayot bor, unda intilish, orzu bor. Shu bilan birga armon ham. U cho’qqidan pastga tusharkan, huddi pastga shung’iyotganga o’xshaydi. Lekin aslidachi, aslida u hayotning boshlanishidir. U o’z  cho’qqisidan sirg’alib tusharkan, yo’lida duch kelgan gul-u giyohga hayot ulashadi. Nina barglari-la tog’ shamolida raqs tushayotgan archalar, “boshlarida bir savat oq gul ko’tarib olgan namataklar” undan chiroy oladilar. Huddi go’zal orzudan ruhlangan kishidek. Jilg’a  ana shu tabiat farzandlariga hayot  va orzu ulashish uchun shosharkan, toshlarnida aylanib o’tadi. Bu intilish! Bu ishonch! Ammo usha jilg’a qoldirgan izga olisdan nazar tashlangga, asrlar silsilasiga dosh berga tog’laring yuzlaridagi ajinlarga o’xshab ko’rinadi. Bu go’yo armondan yuzlari g’amnok bo’lgan ayolning masum chexrasini eslatadi. Uzoqdan qarasangiz huddi unda hayot barq urayotgandek, yaqindan qarasangiz ana shu barq uragan hayot uchun o’z umrini fido qilgan mushtipar ONAni yodga soladi 
O’sha… XA! O’sha masum ayol, O’sha mushtipar ona mening Onam. Hayoting moddiy va manaviy qiyinchiliklariga qaramay 4 farzandni kaftida  katta qilgan hokisor onam. Tog’ cho’qisidan dumalab tushayotgan jilg’a  esa menman.  Men onamning orzu istaklaridan jo bo’lgan qiziman.Men huddiki jilg’a kabi onamning bag’rlaridan Toshkent ko’chalariga ilm istab keldim.Onam, men ulg’ayganim sari menda o’z orzulari ro’yobini ko’rishni istaydilar. Men shu maqsadda intilaman. “Avlodimizda san’atkor yo’q” deb qarshilik qilgan bobomning qattiq qo’lliklari tufayli, onamning ushalmagan orzular jurnalist bo’lish edi. Men usha orzu uchun o’zim qiziqqan  huquq sohasidan voz kechib, jurnalistika fakultetiga  o’qishga kirdim. Bu yo’lda yaratgan menga madodkor bo’ldi. Meni qalamdan uzoq qilmadim. She’rim ilk bora gazetada bosilganida onamning ko’zlarida yosh ko’rdim. Sevinch yoshlari…  bu yoshlar men uchun madad berdi, hayot berdi,masuliyat yukladi. Butun dunyo cho’kib ketsada onamning sevinch yoshlari to’xtamasligini, ana shu yoshlar yurak-yuraklarini kuydirib yuborgan armonlarini yuvib ketishini istayman. Men shunga harakat qilaman. 
Onamning  ismlari Orzugul ko’pchilik qisqartirib Orzi deb yani Orzuni buzib chaqirishadi. Men esa ana shu Orzuning qiziman. Men onamning qiziman!!!


Orzu Akbar
Nozima Akbarova

понедельник, 6 апреля 2015 г.

KEL...

Kel, peshvoz chiqamiz bahorga
Gurkirab gullasin ishqimiz fasli,
Kel, ginalarni kömamiz qorga 
Muzlab bitsin alamlar nasli.
Bizniki bölsin, bu oy bu quyosh,
Tökilsa baxtdan tökilsin közyosh.
Har kunimiz navröz,har kunimiz shod,
Tun ham bölsin biz bilan sirdosh
Samo soqchilari yulduzlar guj-guj
Bir bor köray deb kutsinlar bizni. 
Baxtimizni kuylab qaldirg'och vij-vij
Ini-la bezatsin ayvonimizni
Kel... 
Dunyo hayratiga otilsin shu baxt
Erta bahor bodom gulidek!


Nozima Akbarova
Orzu Akbar


воскресенье, 29 марта 2015 г.

O’tgan kunga


Bir kun o’tdi bor yo’gi bir kun
Bir imkon quladi umrim toqidan
Bir kun  o’tdi  bor yo’g’i bir kun
Bu kunlik orzularim judo mohidan
Bir kun o’tdi bor yo’g’i bir kun
Bir kapalak tug’ildi o’ldi
Bir kun o’tdi bor yo’gi bir kun
Tabiat bir qarolik oldi
Bir kun o’tdi bor yog’i bir kun
Bittaga kamaydi kunlarim
Bir kun o’tdi bor yog’i bir kun
Yana tug’ildi o’gay tunlarim
Bir kun o’tdi bor yo’g’i bir kun
Bir qadam yaqinman endi osmonga


Nozima Akbarova 
"Orzu Akbar"