воскресенье, 10 января 2016 г.

Osmon maktublari (1)


Osmonni quchgim keladi huddi shu keng osmon mitti bag'rimga sig'adigandek, huddiki shu mitti yuragim keng dunyolarga sig'maganidek. Lekin osmonni quchgim keladi.
Aslida ham biz bilgan osmon osmonmikin? Yo undan naridami? Bu dunyoda hatto ko'rib turganingga ham ishonch yo'q axir. Axir ko'zgudagi o'z aksingiz ham o'zganiku! Shunchaki hammasi osmonga intilib otilgan qushga o'xshaydi. Shakli qush alsida esa qafasli qo'g'irchoq. Shunchaki hammasi usti qipzil ichi qurt tushgan olmadek! Shunchaki hammasi chuvalashgan ip g'altak. Shunchaki hammasi chalkash huddi yozayotganlarim kabi.
Osmonni quchgim keladi. Zora osmonga sig'sa yuragim. Duynok
larga sig'may abgor bo'ldim dilruhi harob bo'ldim. Tukilmas ko'zyoshga cho'kib aytilmas so'zdan sarob bo'ldim. Ichim chirigan g'o'la yuzim gullayotgan tosh.
Osmonni quchgim keladi. Go'yo sog'inchga boshqa davo yo'q. Ko'z o'ngimda ikki qorachiq bag'rimga otilib bag'rimdan qochgan. Dunyolar sig'dirmagan ko'nglim bag'riga siqqan qorachiq. Gunohsiz gunohkor . Ilojsiz iltijoga to'la qorachiq.
Osmonni quchgim keladi. Go'yo ko'z yoshlarim yomg'irga aylangudek. Go'yo dardlarim, bulutdek tarqagudek, go'yo baxtim quyoshdek porlagudek.
Osmonni quchgim keladi. Shuncha armonlarim kamdek. Kamdek qo'l yetmas orzularim. Kamdek tushdagi ro'yolarim.
Netayki zaminga sig'olmadim, netayki bag'rimga bossam muzladi qalbim,mehrin berolmadi yer. Netayki hokisorlikda tuproqqa qorishib ketdi tuyg'ular Netayki... Quchgim kelaverar osmonni.
Osmonni quchgim keladi. Zora osmonga bo'ylashsa orzu. Zora osmondek yuksalsa hislarim. Zora osmondek keng bo'lsa baxtim sarxadi.
Orzu Akbar
19.08.2015

Комментариев нет: