среда, 15 апреля 2015 г.

Men onamning qiziman!

Men...?!  Uch nuqta,so’roq va undov belgisi.  Nimalarni anglatadi bu?  O’ylab qoldim, negadir o’z menim haqida o’ylaganimda faqat mana shu ko’rinish ko’z oldimga  kelaverdi, kelaverdi. Balki bu hali ham o’z MENimni to’liq anglamaganim nishonasi, yoki usha MEN hali yillar davomida shakllanishini takidlab turar. Balki… yana biror sababi bordir. Bilmadim … 
Xech kuzatganmisiz,tongi quyosh nurlarida tovlanib,qovjirama kunning issig’ida toblanib uzoq-uzoqlardan chiroyli ko’rinib turgan,tog’ cho’qqisidan erib,o’z yo’lida oqayotgan zilol suvning jilvasini? Unda hayot bor, unda intilish, orzu bor. Shu bilan birga armon ham. U cho’qqidan pastga tusharkan, huddi pastga shung’iyotganga o’xshaydi. Lekin aslidachi, aslida u hayotning boshlanishidir. U o’z  cho’qqisidan sirg’alib tusharkan, yo’lida duch kelgan gul-u giyohga hayot ulashadi. Nina barglari-la tog’ shamolida raqs tushayotgan archalar, “boshlarida bir savat oq gul ko’tarib olgan namataklar” undan chiroy oladilar. Huddi go’zal orzudan ruhlangan kishidek. Jilg’a  ana shu tabiat farzandlariga hayot  va orzu ulashish uchun shosharkan, toshlarnida aylanib o’tadi. Bu intilish! Bu ishonch! Ammo usha jilg’a qoldirgan izga olisdan nazar tashlangga, asrlar silsilasiga dosh berga tog’laring yuzlaridagi ajinlarga o’xshab ko’rinadi. Bu go’yo armondan yuzlari g’amnok bo’lgan ayolning masum chexrasini eslatadi. Uzoqdan qarasangiz huddi unda hayot barq urayotgandek, yaqindan qarasangiz ana shu barq uragan hayot uchun o’z umrini fido qilgan mushtipar ONAni yodga soladi 
O’sha… XA! O’sha masum ayol, O’sha mushtipar ona mening Onam. Hayoting moddiy va manaviy qiyinchiliklariga qaramay 4 farzandni kaftida  katta qilgan hokisor onam. Tog’ cho’qisidan dumalab tushayotgan jilg’a  esa menman.  Men onamning orzu istaklaridan jo bo’lgan qiziman.Men huddiki jilg’a kabi onamning bag’rlaridan Toshkent ko’chalariga ilm istab keldim.Onam, men ulg’ayganim sari menda o’z orzulari ro’yobini ko’rishni istaydilar. Men shu maqsadda intilaman. “Avlodimizda san’atkor yo’q” deb qarshilik qilgan bobomning qattiq qo’lliklari tufayli, onamning ushalmagan orzular jurnalist bo’lish edi. Men usha orzu uchun o’zim qiziqqan  huquq sohasidan voz kechib, jurnalistika fakultetiga  o’qishga kirdim. Bu yo’lda yaratgan menga madodkor bo’ldi. Meni qalamdan uzoq qilmadim. She’rim ilk bora gazetada bosilganida onamning ko’zlarida yosh ko’rdim. Sevinch yoshlari…  bu yoshlar men uchun madad berdi, hayot berdi,masuliyat yukladi. Butun dunyo cho’kib ketsada onamning sevinch yoshlari to’xtamasligini, ana shu yoshlar yurak-yuraklarini kuydirib yuborgan armonlarini yuvib ketishini istayman. Men shunga harakat qilaman. 
Onamning  ismlari Orzugul ko’pchilik qisqartirib Orzi deb yani Orzuni buzib chaqirishadi. Men esa ana shu Orzuning qiziman. Men onamning qiziman!!!


Orzu Akbar
Nozima Akbarova

понедельник, 6 апреля 2015 г.

KEL...

Kel, peshvoz chiqamiz bahorga
Gurkirab gullasin ishqimiz fasli,
Kel, ginalarni kömamiz qorga 
Muzlab bitsin alamlar nasli.
Bizniki bölsin, bu oy bu quyosh,
Tökilsa baxtdan tökilsin közyosh.
Har kunimiz navröz,har kunimiz shod,
Tun ham bölsin biz bilan sirdosh
Samo soqchilari yulduzlar guj-guj
Bir bor köray deb kutsinlar bizni. 
Baxtimizni kuylab qaldirg'och vij-vij
Ini-la bezatsin ayvonimizni
Kel... 
Dunyo hayratiga otilsin shu baxt
Erta bahor bodom gulidek!


Nozima Akbarova
Orzu Akbar